Pakyao Meyvezerga revansh jangi borasida taklif yubordi

  • 16.11.2016 12:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim o‘rta vazn toifasining WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Menni Pakyao o‘tgan yili faoliyatini yakunlagan amerikalik Floyd Meyvezer bilan revansh jangi o‘tkazilishidan hamon umidvor bo‘lmoqda. Filippinlik bokschi amerikalik bokschining menejeriga bu borada taklif yuborgan.

– Muxlislar Meyvezer bilan revansh jangi bo‘lishini xohlamoqda, – deydi Pakyao Boxingscene nashriga. – Bu jang nima uchun bo‘lmasligi kerak. Biz muhokama qilishimiz mumkin. Bu borda hech qanday muammo yo‘q. Hozir uning jamoasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishimiz mumkin va revansh jangini kelishishimizga umid qilyapmiz. Men uning menejeriga Floyd bilan jang qilishni xohlashimni aytdim. U menga yaxshi dedi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!