Parijliklar “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alabani “ko‘tara olmadi” yoxud PSJ – Tuluza 0:0

  • 20 fevral, 2017, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatining 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni amaldagi chempion PSJ o‘z maydonida “Tuluza” futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

O‘tgan hafta “Barselona” (4:0) ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishgan parijliklar bu safar o‘z maydonida musobaqaning o‘rtamiyona jamoasini yuta olmadi. Yakunih hisob 0:0.

Bu turdan so‘ng PSJ o‘z ochkolari sonini 56taga etkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

PSJ – “Tuluza” 0:0

PSJ: Trapp, Markinos, Maksvell, Ore, Kimpembe, Rabo, Motta, Moura (Ben-Arfa 78), Nkunku (Verratti 46), Draksler (Pastore 71), Kavani.

«Tuluza»: Lyafon, Diop, Mubandje, Amian, Jyullen, Blin (Yago 61), Pi (Somalia 56), Trexo (Toyvonen 81), Braytvayt, Delor, Jan.

Ogohlantirishlar: Kimpembe 17, Amian, Braytvayt 49, Yago 72.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!