"Parma" yana "Yuventus" yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi

  • 3 fevral, 2019, 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor kecha Italiya A Seriyasining 22-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qildi va 3:3 hisobida jangovor durangga imzo chekdi.

Turinliklar so‘nggi 8 yil ichida chempionat doirasida o‘z maydonida o‘tkazilgan bahsda 2ta gol farqi bilan oldinda bora turib g‘alaba qozona olmadi. E’tiborlisi, 2011 yilda ham “Yuventus”ning raqibi aynan “Parma” klubi bo‘lgan edi. O‘shanda Turindagi bahs 2:2 hisobida yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, Massimiliano Allegri shogirdlari ayni damda 60 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!