Patrik Viera “Nitstsa” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Frantsiya terma jamoasining va “Arsenal” klubining sobiq yarim himoyachisi Patrik Viera “Nitstsa” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Nice Matin portali xabar bermoqda.
Ayni vaqtda Viera AQShning “Nyu-York Siti” klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlamoqda. “Nitstsa” rahbariyati frantsiyalik mutaxassisni Lyusen Favr o‘rniga olib kelmoqda. Jamoa kelasi mavsumda evrokuboklarda o‘ynamaslik xavfi ostida turibdi.
Avvalroq Patrik Viera “Arsenal” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Fikrlar