
Patris Evra yaqin vaqtlar ichida “Marsel”ga o‘tishi mumkin
Frantsiyalik himoyachi Patris Evra yaqin vaqtlar ichida “Yuventus”dan “Marsel”ga o‘tishi mumkin.
RMC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli futbolchining agenti muzokaralarni yakunlash maqsadida Frantsiyaga etib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, Evra “Marsel”ga tekinga o‘tadi. Uning “Yuventus” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Patris Italiya chempionatida bu mavsum 6 o‘yinda maydonga tushgan. Avvalroq futbolchiga Angliyaning “Kristal Pelas” va Ispaniyaning “Valensiya” jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.
Fikrlar