Pavar: "Bavariya" bilan shartnoma imzolaganim yo‘q

  • 24 dekabr, 2018, 22:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Men "Bavariya" bilan shartnoma imzolaganim yo‘q. Albatta, "Bavariya"dek jamoaning qiziqishi men uchun katta sharaf, ammo hozir bor e’tiborimni "Shtutgart"ga qaratganman. Bu haqda kelgusi yozda o‘ylab ko‘raman", - dedi frantsiyalik futbolchi.

Ilgariroq Pavarning yozda "Bavariya"ga ko‘chib o‘tishi va bu borada Myunxen klubi bilan kelishib olgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Uning uchun "Gollivud FK" 35 mln evro to‘lashga tayyor ekanligi aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada o‘tgan JChning qahramonlaridan biri bo‘lgan Pavar joriy mavsumda "Shtutgart" safida Germaniya Bundesligasida 14 uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!