
Pavlyuchenko: "Barselona" shunday jamoaki, xatto, PSJga darvozasiga 5ta gol "joylab" qo‘yishi mumkin
Rossiya terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubidagi faoliyati bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Roman Pavlyuchenko ortda qolgan haftada bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasidagi PSJ va "Barselona" (4:0) jamoalari o‘rtasidagi bahs haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Ochig‘i, "Barselona"ning bunday mag‘lubiyatidan hayratlandim. Chunki, o‘yindan avval kimdir bugun "Barselona" 4:0ga yutqizadi desa hech kim ishonmagan bo‘lar edi. Ammo, shuni aytmoqchimanki bu jamoa o‘z maydonida PSJ darvozasiga 5ta gol "joylab" qo‘yishga qodir. Shunday ekan bu juftlikda hali hech narsa ma’lum bo‘lmadi", - deydi ayni damda "Ural" klubida to‘p surayotgan Roman Pavlyuchenko.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar