“Paxtakor” Anzur Ismoilov jamoasini yirik hisobda mag‘lub qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi BAAdagi yig‘inida Xitoyning “Chanchun Yatay” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

 Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda toshkentliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Igor Sergeev dubl qayd etgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov va Sherzod Karimov bittadan gol kiritishdi.

“Chanchun Yatay” tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to‘p suradi, ammo u asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

“Paxtakor” – “Chanchun Yatay” 4:1

Gollar: Sergeev (2 ta), Masharipov, Karimov

“Paxtakor”: Lobanov, Andreev, Oraxovats, Bulyat, Hoshimov, A.Ahmedov, Sohibov, Masharipov, Iskanderov, Karimov, Sergeev

Zaxira: Ergashev, Raimov, Avilov, G.Ahmedov, Ismatullaev, Alijonov, O‘runov, Ibrohimov, Kozak, Davlatjonov, Tolipov, Nurullaev, Hakimov

“Chanchun Yatay”: Dong Yi Fan, Shao Shuai, Zou Da Di, Li Ksiaoting, Li Guang, Yu Rui, Bruno, Fey Shuai, Ju Yi Fan, Cheng Chung, Li Xong

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!