"Paxtakor" Iroq klubini mag‘lub etib, OChLda yurishini davom ettiradigan bo‘ldi

OChL 2-saralash bosqichi doirasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Iroqning “EYr Fors” klubi bilan kuch sinashdi.

Mazkur o‘yin bir qator qiziqarli vaziyatlar boyligi bilan o‘tdi. Avvaliga birinchi bo‘limda maydondagi suv tizimida muammo yuzaga kelganligi sababli o‘yin salkam 20 daqiqaga to‘xtatildi va keyin birinchi bo‘lim nursiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasiga kelib Jaloliddin Masharipov chalqancha usulda hisobni ochgan bo‘lsa, 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas Marat Bikmaev jarima zarbasini qoyilmaqom amalga oshirib, oradagi farqni 2taga etkazdi.

Biroz hotirjamlikka berilgan “sherlar” 87-daqiqada jazolanishdi. Burchak zarbasidan keyin Xammadi Ahmad chalqancha usulda hisobni qisqartirdi. Shu hisob boshqa o‘zgarmadi va “Paxtakor” OChLda yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
zohir_t
12/02/2019 18:59
Уйин унчаликмасу, лекин мухим гала а булди, давомли бусин
&
King of World
12/02/2019 20:05
Mutasaddilarning maydon tayyor degan gaplari o‘zini oqlamadi. Mantangan ...
O‘sha gapde xullas. Lekin g‘alaba yaxshi baribir
&
Alisher
12/02/2019 19:07
Спортс.уз каналидаги видеони курдим???????? майдон дабдалаю