"Paxtakor" "Milan"ga yutqazdi

  • 31 yanvar, 2019, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" akademiyamiyasi tarbiyalanuvchilari ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda.

Tecno

Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoa musobaqaning chorak finalida "Milan"ga qarshi maydonga tushishdi.

Birinchi turda OZSM-8 jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan "Paxtakor" U-14 kecha ikki uchrashuvda maydonga tushdi. "Yantar"dan 11:0 hisobida ustun kelgan toshkentliklar guruhdagi oxirgi bellashuvda "Dinamo" Kievga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Shu tariqa chorak finalda "Milan"ga qarshi maydonga tushgan "Paxtakor" mahorat bobida ustunroq sanalgan italiyaliklardan 0:4 hisobida engilishdi.

Ertaga "sherlar" pley-off uchrashuvlarini davom ettirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!