"Paxtakor" "Qo‘qon-1912" maydonida ochko yo‘qotdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Oliy Liga 9-turidan o‘rin olgan bugungi birinchi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bahsning 5-daqiqasidayoq Nosir Otaqo‘ziev mezbonlarni oldinga olib chiqdi va bu hisob tanaffusga qadar o‘zgarmadi.

O‘yinning 50-daqiqasida esa Akbar Ismatullaev oradagi farqni qisqartirdi. Shundaq qilib, jamoalar jangovar durangga imzo chekib, ochkolarni bo‘lib olishdi.

“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Paxtakor” (Toshkent) – 1 : 1

Gollar: Nosir Otaqo‘ziev 5 - Akbar Ismatullaev 50

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 60, Azimjon Ahmedov 64, Sherzod Karimov 77.

“Qo‘qon-1912”: Aziz Ashurov, Bahodir Akramov, Jalil Kimsanov, Nosir Otaqo‘ziev (Avaz Mamatxo‘jaev 90+4), Suhrob Berdiev, Aleksandr Merzlyakov, Ibrohim Rahimov, Darko Gojkovich, Murod Xolmuhammedov, Oybek Rustamov, Filip Rayevats.

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovats, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov (Doston Ibragimov 86), Jamshid Iskandarov, Jasur Hakimov (Igor Sergeev 46), Kamoliddin Tojiev, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev, Yuritsa Bulyat (Vladimir Kozak 32).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!