"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari mamlakat birinchiligi finalida

  • 06.11.2017 19:10
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" akademiyasi a’zolari Buxorodagi musobaqada hal qiluvchi bellashuvga yo‘llanma olishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Buxoro shahrida oliy va birinchi liga klublari qoshidagi futbol maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligining final bosqichi yakuniga etib bormoqda.

2003–2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari bugun final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Guruh bosqichida "Dinamo"ni 11:1, "Qo‘qon-1912"ni 6:0 hisoblarida engib, "Nasaf" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan jamoamiz birinchi o‘rinni egalladi. Yarim finalda "Buxoro" 3:1 hisobida dog‘da qoldirildi. Ertaga bo‘ladigan finalda "Paxtakor" yana bir bor "Nasaf" bilan to‘qnash keladi.

Ushbu yoshdagi "Paxtakor" jamoasini Rahmatilla Muhammadrahimov va Davron Norboev boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!