
"Paxtakor"ning sobiq hujumchisi faoliyatini Eronda davom ettiradigan bo‘ldi (FOTO)
O‘tgan mavsumni Toshkentning “Paxtakor” klubida o‘tkazgan portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 25 yoshli futbolchi “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Gonsalvesh o‘tgan mavsum “sherlar” safida Superligada jami 31ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Paxtakor"ning boshqa bir sobiq futbolchisi - Tiago Bezerra Qatarning "Al Xor" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar