
Payetning qilmishi 2 yildan so‘ng o‘ziga qaytdi (foto)
Kecha Evropa ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Frantsiyaning “Marsel” klubi Ispaniyaning “Atletiko” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yinning 32-daqiqasida Dimitri Payet jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etishga majbur bo‘ldi.
Bu vaqtda uning jamoasi 0:1 hisobida ortda borayotgan edi. Yakunda esa marselliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Qayd etish joiz, bundan 2 yil muqaddam Evro-2016 finalida aynan Payet bilan to‘qnashuvdan so‘ng Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu jarohat olgan edi. Natijada u ham ko‘zida yosh bilan maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.
Fikrlar