Penchak Silat bo‘yicha sportchilarimiz EvrOsiyo chempionatida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

10-14 may 2018 yil kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida Penchak Silat bo‘yicha EvrOsiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda 5 ta davlatdan 200ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Ozarbayjon, Eron, O‘zbekiston, Gruziya va Turkiya terma jamoalari orasida vakillarimiz munosib ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasiga umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashini ta’minladi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

1-o‘rin - Azizjonov Hasanjon (7-8 yoshlilar o‘rtasida)

1-o‘rin - Shoazizov Abdullo (12-13 yosh)

2-o‘rin - Muhiddinov Javlon (9-10 yosh)

2-o‘rin - Xudoyberdiev Diyorbek (14-16 yosh)

2-o‘rin - Hasanov Doniyor (17-35 yosh)

3-o‘rin - Asqarov Rustam (14-16 yosh).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!