Pepe "Beshiktosh" bilan shartnomasini bekor qildi

  • 17.12.2018 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi himoyachisi Pepe faoliyatini o‘z vatanida davom ettirmoqchi.

Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli portugaliyalik futbolchi turk klubi bilan shartnomasi bekor qilgan. Endi u faoliyatini Portugaliya klublaridan birida davom ettirishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pepe “Beshiktosh” safiga 2017 yil “Real” Madriddan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida istanbulliklar safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!