Pisarro beshinchi marta "Verder" futbolchisiga aylandi

"Verder" klubi Klaudio Pisarro bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. O‘yinchi oktyabr oyida 40 yoshga to‘ladi va nemis jamoasi bilan bir yillik kelishuvga imzo chekgan.

Perulik futbolchi 2018/19 mavsum faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi. Bremen klubi rahbariyati futbolchining tajribasi yosh o‘yinchilarga o‘rnak bo‘lishiga umid qilmoqda.

Pisarro "Verder" safida 1991- 2001, 2008-2009, 2012-2015 va 2015-2017 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!