
Pogba Frantsiya terma jamoasi a’zolariga antiqa sovg‘a qilmoqchi
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba terma jamoaning JCh-2018dagi g‘alabasi sharafiga jamoadoshlariga uzuklar sovg‘a qilmoqchi.
ESPN nashrining xabar berishicha, uzuklar ko‘k sapfir, qizil yoqut toshi hamda olmos bilan bezatilgan bo‘ladi.
Bunday buyurtma futbolchiga qanchaga tushishi hali noma’lum, biroq uzuklar AQShning Kaliforniya shtatidagi "Jason of Beverly Hills" kompaniyasi zargarlari tomonidan ishlab chiqariladi.
Frantsiya futbol Federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre zargarlik buyumlarini Los-Anjelesdan Parijga olib kelish uchun 10 ming evro to‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Fikrlar