Pogbaning asl narxi 20 millionga ham tortmaydi

  • 17 yanvar, 2017, 18:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasiga o‘ta katta mablag‘ evaziga transfer qilingan frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba "Liverpul"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng jiddiy tanqidlar ostida qolmoqda. Ushbu bahsda Pol Pogbaning aybi bilan liverpulliklar penalti ishlab olishdi va gol urishdi.

Tecno
 

- Pogbaning bahosi hech qachon 100 million funt bo‘lmagan, - dedi irlandiyalik sobiq futbolchi Imon Danfi. - Unga 20 million ham ko‘p aslida. Uning jamoaga umuman foydasi tegmaydi. Maydonda yosh boladay o‘ynaydi. Kelajakda ham o‘ziga qo‘yilgan bahoni oqlay olmaydi.

Pol Pogba Angliya premer-ligasida 20 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!