Pokistonda Shonig‘matjon Shofayzievning o‘zi qoldi

  • 7 dekabr, 2018, 11:27
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Juftliklar o‘rtasida Shonig‘matjon Shofayziev serbiyalik Darko Yandrich bilan chorak finalda pokistonlik Obid Muhammad hamda kanadalik Malik Muhammadni 6:3, 4:6, 10:3 hisobida taslim etdi. 

Tecno
Pokistonning Islomobod shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslarida Saida’lo Saidkarimov chorak final bosqichida o‘z ishtirokini yakunladi.
 
Unda Saida’lo Saidkarimov Janubiy Koreya vakili Cheong Kimga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa yarim finalga chiqqan Shofayziev va Yandrich final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda rossiyalik Anton Chexov va germaniyalik Kay Vexneltga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!