
Polsha terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi
Adam Navalka boshchiligidagi Polsha terma jamoasi murabbiylar shtabi JCh-2018 uchun 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Lukash Fabianski («Suonsi»), Voychex Shchensny («Yuventus»), Bartosh Byalkovski («Ipsvich»).
Himoyachilar: Yan Bednarek («Sautgempton»), Bartosh Bereshinski («Sampdoriya»), Tiago Chonek (SPAL), Kamil Glik («Monako»), Artur Endjeychik, Mixal Pazdan (ikkalasi – «Legiya»), Lukash Pishchek («Borussiya» Dortmund).
Yarim himoyachilar: Yakub Blashchikovski («Volfsburg»), Yatsek Guralski («Ludogorets»), Kamil Grositski («Xall»), Rafal Kujava («Gurnik»), Karol Linetti («Sampdoriya»), Slavomir Peshko («Lexiya»), Gjegoj Krixovyak («Vest Bromvich»), Petr Zelinski («Napoli»), Machey Rybus («Lokomotiv»).
Hujumchilar: David Kovnatski («Sampdoriya»), Robert Levandovski («Bavariya»), Arkadiush Milik («Napoli»), Lukash Teodorchik («Anderlext»).
Eslatib o‘tamiz, Polsha mundialning guruh bosqichida Kolumbiya, Yaponiya va Senegal terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar