Povetkin kuzda Joshuaga qarshi jang qilishni rejalashtirmoqda
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik kamari uchun kechadigan jang shu yilning kuzida Angliyada bo‘lib o‘tishi mumkin.
Povetkin Joshua egalik qilayotgan WBA chempionlik kamariga asosiy da’vogar hisoblanadi. WBA bokschilar va ularning jamoalariga jang borasida bir qarorga kelishlari uchun (muzokaralarga) 30 kun muhlat berdi, biroq britaniyalik bokschining o‘zi oldiniga Butunjahon boks uyushmasi (WBC) kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqishni istamoqda.
– Men chempionlik kamariga asosiy da’vogar hisoblanaman, shuning uchun Entoni Joshua bilan jang bo‘lishi kerak. Qachon va qaerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Barchasi promouterlarga bog‘liq. Kuz oyida jang Angliyada bo‘lib o‘tadi. Jang sanasi aniq bo‘lishi bilan tayyorgarlikni boshlayman, – deydi Povetkin.
Joshuaning hisobida 21 g‘alaba (20 nokaut) mavjud bo‘lib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Povetkin esa 34 g‘alaba (24 nokaut) va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar