Povetkinning qachon ringga qaytishi ma’lum bo‘lmoqda

  • 13 dekabr, 2018, 13:15
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Aleksandr hozir dam olmoqda. Unga ko‘plab takliflar kelib tushgan. Keyingi jangi mart yoki aprel oyida o‘tkazilishi muhokama qilinmoqda, – deydi “Mir boksa” kompaniyasi vakili Kornilov.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida rossiyalik bokschi britaniyalik Entoni Joshuadan sakkizinchi raundda texnik nokaut qabul qilib, mag‘lub bo‘lgan. Bu bilan Joshua Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarlarini himoya qildi.

Jangdan so‘ng 39 yoshli Povetkinning faoliyatini tugatishi haqidagi mish-mishlarni inkor qilib, bir nechta jang o‘tkazishni rejalashtirgan. Rossiyalik bokschi 2004 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Uning hisobida jam 34 g‘alaba (24 nokaut) va 2 mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!