Poytaxtimiz Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining birinchi kongressiga mezbonlik qiladi
2017 yilning 19 avgust kuni poytaxtimizda joylashgan Wyndham mehmonxonasida Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining birinchi kongressi bo‘lib o‘tadi.
Kongress kun tartibidan asosan, 2017 yil Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan Yopiq inshootlar va yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdekdek Kongres Kun tartibidan Dubay shahrida o‘tkazilgan navbatdan tashqari Kongres xujjatlarini tasdiqlash, tashkiliy va umumiy masalalar ham o‘rin olgan.
Qayd etish lozim, joriy yil 4 yanvar kuni Osiyo va Okeaniya Kurash konfederatsiyasi birlashtirilib yagona Konfederatsiyaga aylantirilgan va unga o‘zbekistonlik Komil Ro‘ziev bir ovozdan Prezident etib saylangan edi. Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederatsiyasiga 30 dan oshiq Kurash federatsiyalari rasman a’zo hisoblanishadi.

Fikrlar