Poytaxtimizda o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi o‘tkazilmoqda

  • 21 fevral, 2019, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Shu kunlarda Toshkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston Ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan, shuningdek, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan merganlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Bahslarda 130 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Sportchilar musobaqa davomida to‘pponchadan o‘q otish, VP-6 yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishmoqda.

Chempionat 23 fevral kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!