Prezident Shavkat Mirziyoev Moskvaga keldi

  • 14 iyun, 2018, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi. 

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi. 

Taomilga ko‘ra, Prezidentimizni futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – bo‘ri “Zabivaka” qarshi oldi. 

Shavkat Mirziyoev “Mundial”ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi. 

Davlatimiz rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!