Putin Trampga JCh-2018 to‘pini sovg‘a qildi (FOTO)

  • 16 iyul, 2018, 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Helsinkida bo‘lib o‘tgan press-konferentsiyada AQSh prezidenti Donald Trampga JCh-2018da foydalanilgan to‘pdan sovg‘a qildi.

“Janob prezident, biz kuni kecha Jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunlaganimizni sizga aytmoqchiman. Bu to‘p o‘sha musobaqadan”, - deydi Putin.

O‘z navbatida Tramp ham ushbu sovg‘a uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi.

“Biz ham 2026 yilgi jahon chempionatini huddi shundan muvaffaqiyatli o‘tkazishga harakat qilamiz”, - deydi Tramp.

Путин сделал Трампу футбольный подарок

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 o‘yinlari AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!