Putin bugun Rossiya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlaydi

  • 28 iyul, 2018, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun JCh-2018da muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Rossiya terma jamoasining 23 nafar futbolchisi va butun murabbiylar shtabini davlat mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

“Davlat mukofotlarini topshirish marosimi ana’naga ko‘ra Kreml saroyida bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib borishgan edi. Bu esa Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi natija sifatida tarixda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!