
QPL. Jeparov debyut o‘yinidayoq gol kiritdi
Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan "Jetisu" klubi safarda "Tobol"ga qarshi bahs olib bordi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi - Jeparov mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Bugungi uchrashuv Jeparov uchun "Jetisu" safidagi debyut o‘yini bo‘lganligini ta’kidlash joiz. E’tiborlisi, 80-raqamda o‘ynaydigan Server 80-daqiqada penaltidan gol kiritib, raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Uchrashuv esa 2:2 hisobi bilan yakuniga etdi.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 26-tur
"Tobol" - "Jetisu" 2:2
Gollar: Kvekveskiri (32), Nurgaliev (35) - Stepanyuk (21), Jeparov (80 penaltidan).
Fikrlar