QPL. Jeparovning jamoasi "Astana"ga engildi

Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan "Jetisu" klubi safarda "Astana"ga qarshi bahs olib bordi.

"Astana-Arena" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jeparov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 74-daqiqada zaxiraga olindi.

"Jetisu" chempionat tugashiga ikki tur qolganida 37 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rindagi "Tobol" bilan oradagi farq 9 ochkoga etganini inobatga oladigan bo‘lsak, "Jetisu" kelgusi mavsumni evrokuboklarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi.

Qozog‘iston Premer-ligasi. 28-tur

"Astana" - "Jetisu" 3:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!