QPL. Jeparovning jamoasi ochko yo‘qotdi
Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan "Jetisu" klubu bu tur o‘z maydonida "Ordabasi"ni qabul qildi.
Toldirqo‘rg‘onda kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Jeparov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi natijadan so‘ng "Jetisu" jamg‘argan ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 25-tur
"Jetisu" - "Ordabasi" 1:1.
Fikrlar