Qashqadaryoda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi (foto)

CHERY AUTO

         13-14 may kunlari  Chiroqchi tumanidagi 1- sonli  Bolalar va o‘smirlar sport maktabida  2003-2004 yillarda  tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan  300  nafardan ortiq yosh polvonlar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida bellashishdi.  Musobaqaning birinchi kuni dastlab ochilish marosimi tashkil etildi. Tantanali tarzda tashkil etilgan mazkur ochilish marosimida ishtirok  etgan Chiroqchi tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov,  belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi A’zamjon Shokirjonovlar so‘z olib,  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga berilayotgan  e’tibor natijasi ularoq yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgani,  birgina belbog‘li  kurash sport turi bilan minglab o‘g‘il-qizlar shug‘ullanib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotganliklari xususida ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, ochilish marosimiga Chiroqchi tumanida  tug‘ilib voyaga etgan, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi  a’zosi,  Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, ayni paytda BAAning “Sharja” klubida to‘p surayotgan  Otabek Shukurov ham yosh polvonlarga omad tilab, bir guruh BO‘SM tarbiyalanuvchilariga   sport kiyimlari va futbol to‘plarini sovg‘a qildi. Shundan so‘ng, musobaqaga start berildi.

Chempionatning birinchi kuni o‘smirlar belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida,  qizlar esa erkin   yo‘nalishda kuch sinashishdi.

Natijalarga e’tibor qaratimiz:

O‘smirlar  (Klassik yo‘nalish):  32 kg. 1. Hayotbek Kamoliddinov (Farg‘ona). 35 kg. 1. Kamronmirzo Ismoilov (Namanan). 38 kg. 1. Abdumannop Mamasiddiqov (Farg‘ona). 42 kg. 1. Baxromjon Baxtiyorov (Farg‘ona). 46 kg. 1. Sardorbek Sodiqjonov (Namangan).  50 kg. 1. Mirzajon Mirzajonov (Namangan). 55 kg. 1. Elbek Erkinov (Namangan). 60 kg. 1. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon). 65 kg. 1. Safarmurod Jumaboev (Andijon). 71 kg. 1. Kamronbek Nigmatov (Toshkent sh.). +71 kg. 1. Muhammad Vahobov (Toshkent v.)

Qizlar (erkin yo‘nalish): 40 kg. 1. Karomat Davletova (Xorazm). 44 kg. 1. Gulmixon Orinboeva (QQR). 48 kg. 1. Nodiraxon Mamajonova (Farg‘ona).  52 kg. 1. Marvarid Shodmonalieva (Andijon). 57 kg. 1. Sevinch Tovbaeva (Sirdaryo).  63 kg. 1. Ozodaxon Sattorva (Farg‘ona). +63 kg. 1. Shirinoy Yuldosheva (Namangan).

Chempionatning ikkinchi kuni o‘smirlar o‘rtasida erkin yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Kuchli uchlikni  qo‘lga kiritgan polvonlar bilan tanishamiz.

32 kg. 1. Husanboy Abdujabborov (Andijon ),. 35 kg. 1. Haydarali Ahatjonov (Farg‘ona).  38 kg. 1. Jahongir Eshqo‘ziev (Sirdaryo),   42 kg. 1. Abubakir Do‘stmamatov (Navoiy),  46 kg. 1. Abduahat Abdullaev (Jizzax),  50 kg. 1. Xurshid Qo‘chqorov (Qashqadaryo),  55 kg. 1. Fayozbek Abdug‘afforov (Farg‘ona),  60 kg. 1. Saidraufxon Habibullaev (Toshkent v.),  65 kg. 1. Samandar Isroilov (Farg‘ona),  71 kg. 1. Diyorbek Xudoyberganov (Xorazm),  +71 kg. 1. Asadbek Ma’rufov (Farg‘ona).   Musoboqa yakuniga etgach, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  O‘z vazn toifalarida muvaffaqiyat qozongan yosh polvonlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Farhod JUMANOV, Belbog‘li kurash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat federatsiyasi ijrochi direktori: -  Milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurashni yoshlar orasida tobora ommalashayotganini yakuniga etgan  chempionat musobaqalari jarayonidan ham bilish mumkin.  Viloyatimizda ham ayni paytda ko‘plab yoshlar ushbu sport turi bilan shug‘ullanib, Respublika miqyosidagi bellashuvlarda kuchli uchlikdan joy egallab kelishmoqda. Mazkur O‘zbekiston chempionatini ko‘taringki ruhda o‘tishida yaqindan yordam bergan Chiroqchi tuman hokimligiga, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasiga, hakamlarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. 

Ilhom RAHMONOV

ChIROQChIDA O‘ZBEKISTON ChEMPIONATI O‘TKAZILDI

                                                                                                                  Ilhom RAHMONOV. 

(P.S. Sports.uz  uchun maxsus tayyorlandi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!