Qiziq! “Krasnodar”ni yana bir xorijlik futbolchi tark etdi
Rossiyaning “Krasnodar” klubi futbolchisi Ebue Kuassi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Ebue Kuassi “Krasnodar”ni “Seltik”ka almashgan. Yarim himoyachi yangi jamoasi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma’lum emas. Ammo shotlandiyaliklar Ebue Kuassi uchun 3,5 million evro sarflagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ebue Kuassi Rossiya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar