Qo‘l jangi ustalari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli turnirdan yorug‘ yuz bilan qaytishdi (foto)

CHERY AUTO

  Bundan bir necha soat oldin, Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Minsk shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Evropa ochiq chempionatidan qaytayotgan sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Tecno

  Mazkur nufuzli musobaqada 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 200 nafar qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun bahs olib bordi. O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari musobaqa yakunida 2 ta oltin,3 ta kumush va 6 ta bronza medaliga ega bo‘ldi.  Shaxboz Tursunov (60 kg.) va Olimjon Normurodov (65 kg.) oltin,  Zarina Olimjonova (45 kg.), Madina Ergasheva (75 kg.), Jaxongir Jumaev (75 kg.) kumush, Otabek Bobojonov (55 kg.), Muhiddin Mamajonov (70 kg.), Guljahon Normatova (50 kg.), Maftuna Quvondiqova (55 kg.), Shahnoza Nizomova (70 kg.), Robiya Qo‘chqorova (75 kg.) lar bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati ta’kidlashicha, endi vakillarimiz  Gollandiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon birinchiligiga hamda Kipr mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuboradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!