“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” o‘yinini toshkentlik referi boshqaradi
O‘zbekiston profesional futbol ligasi Oliy Liga 11-turida ishlovchi hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami, toshkentlik Vladislav Tseytlin boshqarib boradigan bo‘ldi, deb xabar beradi qo‘qonliklar matbuot xizmati.
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: B. Mametov

Fikrlar