“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvi boshlanish vaqti ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor turnir peshqadamlaridan biri hisoblangan "Qo‘qon-1912" jamoasi navbatdagi 21-tur uchrashuvini o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvi 16-sentyabr, shanba kuni soat 16-30 da boshlanadi.
Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari o‘rtasidagi baxs esa 15-sentyabr, juma kuni soat 16-00 da boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Har ikkala uchrashuv ham Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!