"Qo‘qon-1912" AGMKga qarshi tayyorgarlikni boshladi
O‘zbekiston kubogi yarim final uchrashuvidan keyin "Qo‘qon-1912" futbolchilari darhol navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Jamoa a’zolari Qo‘qondagi qarorgohlariga yig‘ilib, mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda. 3 oktyabr kuni qo‘qonliklar o‘z maydonlarida AGMK jamoasini qabul qilishadi.
Ushbu bahs “Qo‘qon-1912” klubi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlar “Markaziy” o‘yingohda olib borilmoqda.
Fikrlar