“Qo‘qon-1912” O‘zbekiston Kubogi javob uchrashuviga tayyorgarlik boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Chempionat taqvimida tig‘izlik vujudga keldi. Jamoalar har to‘rt kunda o‘yinlarda ishtirok etishmoqda. 26 may kuni “Buxoro”ga qarshi maydonga tushgan qo‘qonliklar ertaga Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘lishadi.

"Qo‘qon-1912" mazkur bahsga Toshkentda tayyorlanmoqda. O‘zbekiston mehmonxonasiga joylashgan futbolchilar O‘zbekiston Kubogida yurishlarini davom ettirishni  o‘z oldilariga maqsad qilganlar, deb yozadi klub matbuot xizmati.  Ertaga qo‘qonliklar Toshkentdan Bekobodga qarab yo‘lga tushishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogi 1/8 final diorasidagi birinchi uchrashuvda “Qo‘qon-1912” jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!