“Qo‘qon-1912” himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Lokomotiv”ga qarshi Oliy Liga 11-turidan keyin bir kun dam olgan “Qo‘qon-1912” futbolchilari O‘zbekiston kubogi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Metallurg” bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgalikni boshladi.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Markaziy” stadionidagi kechagi mashg‘ulotlar jamoa katta murabbiyi Aziz To‘xtaboevni tabriklash bilan boshlandi. Yuqori kayfiyat bilan boshlangan mashg‘ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etdi.

Faqat Aleksandr Merzlyakov o‘tgan o‘yinda olgan jarohati tufayli mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. Tajribali himoyachi qachon safga qaytishi hali ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!