“Qo‘qon-1912” legioneri eng yaxshilar qatorida
Oliy ligada 5-tur o‘yinlari ortda qoldi. Navbatdagi o‘yinlardan keyin qo‘qonliklar turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olishdi.
Odatga ko‘ra, uchrashuvlar yakunlangach “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati eng yaxshi futbolchilar nomi e’lon qildi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari sifatida Filip Rayevats va Akmal Bozorovlar e’tirof etildi.
Hakamlar hujjatidan ko‘chirma
Oliy liga, 5-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:1 (1:0)
Qo‘qon. 8578 tomoshabin
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent) – 8,5, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, A. Shukurullaev (Toshkent) – 9
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: N. Otaqo‘ziev (15), F. Rayevats (49) – S. Sulaymonov (78).
Ogohlantirishlar: A. Holmurodov (77) – D. Nizanov (4).
Chetlatish: S. Sulaymanov («Dinamo», 88).
Eng yaxshi o‘yinchilar: F. Rayevats – A. Bozorov

Fikrlar