“Qo‘qon-1912” muxlislarni super o‘yinga taklif qilmoqda

Bugun, 18 iyul kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi PEPSI Superliga 17-tur doirasida o‘z maydonida Olmaliqning AGMK klubini qabul qiladi.

"Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Har bir ochko uchun ayovsiz kurash kechayotgan superliga bahslarida muxlislar shiddatli o‘yinlarga guvoh bo‘lishmoqda. Vakillarimiz o‘z maydonlarida muxlislarni xursand etishni maqsad qilishgan", - deyiladi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabarida. 

"Qo‘qon-1912" - "AGMK" o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar "Markaziy" stadion kassalarida sotilmoqda. O‘yin 20:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!