Qur’aning ko‘zi ko‘r yoxud Dubayda "o‘zbek derbisi"
Birlashgan Arab Amirliklarida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning ikkinchi bosqichida O‘zbekistonning ikki etakchi tennischisi - Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova bir biriga qarshi o‘ynaydi.

Sportda "Qur’aning ko‘zi ko‘r", degan naql bor. Ushbu turnirga qur’a tashlanganida agar har ikki tennischimiz birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tsa chorak finalga chiqish uchun bir-biriga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Tennis bir mamlakatning ikki etakchisining kortda raqobatlashishi kamdan kam kuzatiladigan holat hisoblanadi.
Mana endi Dubaydagi nufuzli turnirda Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova o‘zaro kuch sinashadi. O‘yin keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tishini kutib qolamiz.

Fikrlar