RPL. Shomurodovning jamoasi ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan "Rostov" klubi bu tur safarda "Ural"ga qarshi bahs olib bordi.
"Ekaterinburg Arena"da kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Shomurodov 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
7 o‘yinda 5 ochko jamg‘argan "Ural" turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Valeriy Karpien boshqaruvdagi "Rostov"ning ochkolari esa 14 taga etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar