RPL rahbariyati "Anji"ning taklifini rad etdi
Rossiya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Anji” – TsSKA bahsi Kaspiyskeda bo‘ladigan bo‘ldi.
Gap shundaki, ayni damda Moskva atrofidagi bazada shug‘ullanayotgan maxachkalaliklar ortiqcha xarajatni amalga oshirmaslik uchun “armiyachilar” bilan ushbu davradagi o‘yinni Moskvada o‘tkazish taklifini bildirishgan edi. Dastlab TsSKA ushbu taklifni qabul qilgan edi. Biroq, premer-liga rahbariyati bunga rozilik bermadi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan “Anji” ayni damda og‘ir moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgan.
Fikrlar