
Rabo PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo parijliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda frantsuz OAV. U tez orada boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirgan.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi muzokaralar o‘tkazmagan. Shu sabab jamoa unga yangi kelishuv taklif qilmaydi va klub undan kelajagini o‘zi tanlashini so‘ragan.
23 yoshli futbolchi bu mavsum PSJ safida 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar