Rafalovich va Xegay Turkiyadagi reyting turnirida sovrindor bo‘ldi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Musobaqada -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
-54 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Valentin Xegay esa bronza medali sohibiga aylandi.
Turnir davom etmoqda.
Fikrlar