Rakitich "Barselona"dan ketsa, o‘rniga kim kelishi mumkin?
Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan Ivan Rakitichga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra agar 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi "Park de Prens"ga yo‘l olsa, "ko‘k-anor ranglilar" o‘z safiga Frenki De Yong ("Ayaks"), Adrian Rabo (PSJ), Dani Parexo ("Valensiya") yoki Ander Erreralardan ("Manchester Yunayted") birini qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq parijliklar Rakitich uchun 100 million evro sarflashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar