Rakitich o‘z qarorini e’lon qildi

  • 26 avgust, 2018, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich Evropaning boshqa grand klublaridan jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramay, “Barselona”da qolishga qaror qilganini aytdi.

Tecno

“Menga ko‘plab jamoalardan qiziqishlar bo‘ldi, lekin men “Barselona”da o‘ynashni xohlayman. Bu juda oson qaror bo‘ldi. Chunki, bu qarorni oilam bilan maslahatlashgan holda qabul qildim”, - deydi Rakitich.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga PSJdan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!