Rakitich yakshanba kuni Evropada rekord o‘rnatishi mumkin

  • 13 iyul, 2018, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 finalida Evropada rekord o‘rnatadi.

ActuFoot nashri tarqatgan xabarga qaraganda Frantsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs 30 yoshli futbolchi uchun 2017/18 yilgi mavsumdagi 71-o‘yin bo‘ladi. Hozirgacha Evropa chempionatlarida to‘p suruvchi birorta futbolchi mavsumda bu qadar ko‘p uchrashuv o‘tkazmagan.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya bahsi 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!