Ramziddin Saidov Toshkent Gran-prisida katta sinovdan o‘tadi

  • 16 sentabr, 2017, 00:01
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Joriy yilning 6-9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan joy olgan musobaqada dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu yuyori nufuzli yana bir e’tiborga molik tomoni shundaki, Gran-pri bellashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga mashhur polvonimiz Ramziddin Saidov ham kiritilgan.

Sportchilik faoliyatida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlarining sovrindori bo‘lgan Ramziddin ilk marotaba Gran-pri turnirida hakamlik qiladi. Ramziddin Saidov iyul oyida SPORTS.uz axborot portaliga bergan intervyusida ham Toshkentdagi Gran-prida hakamlik qilishi va bu uning uchun katta sinov vazifasini o‘tashini ta’kidlagan edi.

Gran-prida Rustam Saidovdan tashqari Vyacheslav Pereyteko ham bellashuvlarni boshqaradigan hakamlar ro‘yxatidan joy olgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!